Yolg‘izlik boshlanar bundan buyog‘i,
qochib qutulmassan, odam bolasi.
Oylarni, yillarni tutsang bo‘yingga,
soylarni, cho‘llarni tutsang bo‘yingga,
o‘lchab yetolmassan, odam bolasi.Endi ko‘plar bilan oram sovugan,
ko‘plar omadimga sevinmas endi.
Yigirma uch yoshimda meni sevganlar
o‘ttiz uch yoshimda sevolmas endi.Men, axir, na cho‘lman,
na yo‘l,
na ko‘cha,
axir, hammaniki bo‘la olmayman.
Meni sevganlar deb o‘la-o‘lguncha
yigirma uch yoshimda qola olmayman.Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur,
endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir.
Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur
so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir.Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham,
qaridi misralar, so‘zlar men bilan.
Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda,
qarimoq istamas do‘stlar men bilan.Ilohim, qarilik shunday ekan-da,
do‘stlardan jimgina uzilar odam.
Umr loyqalangan suvday ekan-da,
ozaygani sari tozaraр odam.Ichim-u tashimning zangi yuvilar,
satrlаr ko‘karar bu oq varaqda.
Uzoqdir yurak-la qo‘lning orasi,
xayriyat, o‘lmadim shu oraliqda.So‘zlar yuragimdan qo‘limga yetdi,
biroz sarg‘aydi va so‘ldi, na iloj.
Biroz jasurligi, sho‘xligi yitdi,
gina qilmasinlar, yo‘l-da, na iloj.Endi bolta kesmas aqlim kesganni,
tiriklik totini bilaman endi.
Bu ko‘hna dunyoda har nafasimni
daraxtdan mevaday teraman endi.So‘ng nafas dunyoda har nedan shirin,
shoir ham qariydi, o‘lar, bilaman.
So‘zidan qon hidi kelgan shoirning
og‘zidan sut hidi kelar, bilaman.Bu dunyo bir qaynar qozondir, illo,
so‘ndirmas o‘tinini na qor, na yomg‘ir.
Bu dunyodan ketish osondir, ammo
dunyo-la chiqishib yashamoq og‘ir...
Ёлғизлик бошланар бундан буёғи Yolg‘izlik boshlanar bundan buyog‘i, qochib qutulmassan, odam bolasi. Oylarni, yillarni tutsang bo‘yingga, soylarni, cho‘llarni tutsang bo‘yingga, o‘lchab yetolmassan, odam bolasi. Endi ko‘plar bilan oram sovugan, ko‘plar omadimga sevinmas endi. Yigirma uch yoshimda meni sevganlar o‘ttiz uch yoshimda sevolmas endi. Men, axir, na cho‘lman, na yo‘l, na ko‘cha, axir, hammaniki bo‘la olmayman. Meni sevganlar deb o‘la-o‘lguncha yigirma uch yoshimda qola olmayman. Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur, endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir. Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir. Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham, qaridi misralar, so‘zlar men bilan. Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda, qarimoq istamas do‘stlar men bilan. Ilohim, qarilik shunday ekan-da, do‘stlardan jimgina uzilar odam. Umr loyqalangan suvday ekan-da, ozaygani sari tozaraр odam. Ichim-u tashimning zangi yuvilar, satrlаr ko‘karar bu oq varaqda. Uzoqdir yurak-la qo‘lning ...