Skip to main content

Posts

Showing posts with the label Xayrulla Xamidov

Xayrulla Xamidov - "Qarilik" she'ri

Yolg‘izlik boshlanar bundan buyog‘i, qochib qutulmassan, odam bolasi. Oylarni, yillarni tutsang bo‘yingga, soylarni, cho‘llarni tutsang bo‘yingga, o‘lchab yetolmassan, odam bolasi. Endi ko‘plar bilan oram sovugan, ko‘plar omadimga sevinmas endi. Yigirma uch yoshimda meni sevganlar o‘ttiz uch yoshimda sevolmas endi. Men, axir, na cho‘lman, na yo‘l, na ko‘cha, axir, hammaniki bo‘la olmayman. Meni sevganlar deb o‘la-o‘lguncha yigirma uch yoshimda qola olmayman. Qanchalik so‘zlar bor so‘zimdan jasur, endi chaqirmoqqa nafasim yo‘qdir. Endi bu dunyoda o‘zimdan jasur so‘zlarni yozmoqqa havasim yo‘qdir. Yig‘ini bas qildi, tindi she’rim ham, qaridi misralar, so‘zlar men bilan. Do‘stlar yoshligicha qolar she’rimda, qarimoq istamas do‘stlar men bilan. Ilohim, qarilik shunday ekan-da, do‘stlardan jimgina uzilar odam. Umr loyqalangan suvday ekan-da, ozaygani sari tozaraр odam. Ichim-u tashimning zangi yuvilar, satrlаr ko‘karar bu oq varaqda. Uzoqdir yurak-la qo‘lning orasi, xayriyat, o‘lmadim shu o...